Yaqin kelajakda texnologiyalar sohasida yuz beradigan 10ta burilish

Fan-texnika 23:23 / 04.12.2016 15498

Global Agenda Council Butunjahon iqtisodiyot forumi yuqori texnologiyalar sohasidagi 800 mutaxassislar orasida so‘rovnoma o‘tkazdi va 2030 yilga qadar sanoatda sodir bo‘lishi mumkin o‘zgarishlarni bashorat qildi. Bu haqda Business Indsider xabar beradi.

 

2018 yil — 90 foiz odam ma'lumotlarni cheklanmagan miqdorda saqlashga muvaffaq bo‘ladi

Foto: The National Archives (UK) / Wikimedia Commons / CC-BY-SA-3.0

Kelajakda odamlar diskda joy bo‘shatish uchun hujjatlarni o‘chirishga ehtiyoji qolmaydi. Hozirdanoq Google cheklanmagan miqdorda video va fotosuratlarni saqlashga imkon bermoqda. Yiliga 60 dollar evaziga Amazon serverlarida cheklanmagan hajmdagi istalgan hujjatni saqlash mumkin.

Bu o‘zgaruvdan asosiy maqsad — qattiq disk xotirasidagi bir gigabaytning qiymatini kamaytirish. Chegarasiz bulutli saqlash xizmati evaziga kompaniyalar reklamani ko‘rib chiqishadi yoki a'zo bo‘lganligi uchun pul to‘laydi.

 

2021 yil — birinchi robotlashtirilgan farmatsevt

Foto: Pixabay / CC0 PD

Robotlar ishlab chiqarish sohasida odamlarning o‘rnini faol tarzda egallamoqda. Yillar o‘tgani sayin mashinalar xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar, sotuvchilar va boshqa ishchilar vazifasini bajaradi. Mutaxassislar aytishicha, 2021 yilga kelib robotlashtirilgan farmatsevtlar paydo bo‘ladi.

 

2022 yil — internetga 1 trillionga yaqin datchiklar ulanadi

Foto: Thingful

«Aqlli» datchiklar va sensorlar narxi kun sayin pasayib bormoqda. Mutaxassislar fikricha, tez kunlarda barcha kiyimlar internetdan «chiqadi». Birlamchi tarmoq tizimiga ulangan kichik qurilmalar atrofdagi olam — harorat, atmosfera bosimi, havoning ifloslanishi va boshqalarni to‘liq o‘rganishga imkon beradi.

 

2022 yil — 3D printerda chop etilgan birinchi mashina yaratiladi

Foto: Local Motors

3D’da bosib chiqarish texnologiyasi rivojlanadi — bosib chiqarish uchun yangi qurilma va materiallar paydo bo‘ladi. Endi bu faqatgina plastik emas. Audi hozirda qo‘shimcha jarayonlar — materialni qatlamli joylashtirish orqali ishlab chiqariladigan avtomobil kontseptini namoyish etdi. 2022 yilda ana shunday mashinaning ilk bor sotuvga chiqganiga guvoh bo‘lamiz.

 

2023 yil — 10 foiz ko‘zoynaklar internetga ulana oladi

Foto: Com Salud Agencia de comunicación / Flickr

Qatnashchilar fikricha, 5 yildan so‘ng ko‘zoynaklar yangi funksiyaga ega bo‘ladi. Ular qo‘shimcha va virtual reallikda ishlash uchun internet-dasturlarga ulana olishadi. Maxsus ko‘z kuzatuv tizimi paydo bo‘ladi — interfeysni boshqarishda qo‘llar ishtirok etmaydi.

 

2023 yil — 90 foiz odamda chuntak superkompyuterlari bo‘ladi

Foto: YouTube

Odamlar smartfonga nisatan kompyuterdan kamroq foydalanmoqda. Mobil internet-trafik kompyuter trafigi hajmidan o‘zib ketdi va ko‘rsatkich o‘z holida turibdi. 2023 yilda mobil qurilmalar samaradorligi zamonaviy superkompyuterlar darajasiga yetib oladi. 90 foiz aholi esa internetga smartfonlar orqali ulanadi.

 

2024 yil — 3D-printerda tayyorlangan jigarni ko‘chirib o‘tkazish

Foto: Courtesy of Shapeways

3D-printerlardan inson tana a'zolari — suyak va organ implantatlarini yaratishda foydalanishadi. Shifokorlar ko‘krak qafasi qismi va boshqa suyaklarni ko‘chirib o‘tkazish bo‘yicha operatsiyalarni o‘tkazishdi. 2024 yilga kelib bio bosib chiqarish shu darajaga yetishadiki, printerlarda sun'iy jigar va boshqa muhim o‘rganlarni yaratishadi.

 

2025 yil — sotuvda telefon-implantatlar paydo bo‘ladi

Foto: Dangerous Things

So‘rovdagi mutaxassislarning 80 foizi yaqin 7 yil ichida birinchi implantatlashtirilgan mobil telefonlari paydo bo‘lishini bashorat qilishdi. Qurilma inson salomatligini yanada aniqroq nazorat qila oladi. Bir vaqtning o‘zida foydalanuvchilar u orqali bir-biri bilan ovoz yoki fikrlash kuchi orqali muloqot qilishadi.

 

2025 yil — avtomobillarni ijaraga berish shaxsiy transportlarga nisbatan ommalashib ketadi

Foto: Getty Images / Pablo Blazquez Dominguez

67 foiz mutaxassis kelajakda avtomobillarni ijaraga berish xizmatlari mashhur bo‘lib ketishini bashorat qilmoqda. 2025 yilga kelib dunyodagi ko‘plab safarlar ijara mashinalarida amalga oshiriladi, shaxsiy transportni ishlatish esa qimmatlashaveradi. Bu mashina ishlab chiqaruvchilarning o‘z biznes-modelini ishlab chiqishiga bog‘liq bo‘ladi.

 

2026 yil — birinchi sun'iy intellekt direktorlar kengashi safiga kiradi

Foto: GaudiLab / Shutterstock

Sun'iy intellekt ko‘plab jarayonlar — tahlil, ma'lumotlarni qayta ishlash, tekshirishlarni avtomatlashtirishga o‘tadi. Dastur hattoki, kompaniyaning avvalgi tajribalariga asoslanib qarorlar qabul qilishga qodir bo‘ladi. Bu shuningdek, muhim qarorlarni qabul qilishda his-tuyg‘ularga berilish holatini kamaytiradi.

Insonlar hayotida internetga ommaviy kirishish tendensiyasi kuzatilmoqda. Kiyim-kechak, maishiy buyumlar, asboblar, sensorlar — barchasi global tarmoqga ulangan. 3D bosib chiqarish texnologiyasi tezlashadi. Robotlar nafaqat xizmatchilar, balki yaxshi xodimlar va hattoki, direktorlar o‘rnini egallaydi.

Ko‘proq yangiliklar: