Janubiy Koreya prezidentiga impichment e'lon qilish rezolyutsiyasi parlamentga kiritildi

Foto: Reuters
Janubiy Koreyaning uchta muxolif partiyasi mamlakat prezidenti Pak Kin Xega nisbatan impichment e'lon qilish bo‘yicha qonun loyihasini parlament muhokamasiga kiritdi. Bu haqda Yonhap agentligi xabar qilmoqda.
Ta'kidlanishicha, umumiy hisobda 171 nafar deputat rezolyutsiyani qo‘llab-quvvatlagan. Aslida Pak Kin Xe vakolati 2018 yil fevralida yakunlanishi kerak.
Eslatib o‘tamiz, Pak Kin Xening dugonasi Tsoy Sun Silning davlat ishlariga aralashuvi hamda uning korrupsiyada gumon qilinishi sababli Koreya prezidenti atrofida siyosiy mojaro avj olgan edi.
Muxolif partiyalar impichment loyihasi bo‘yicha 9 dekabrda ovoz berishni rejalashtirayotgani xabar qilingan edi.
Mavzuga oid

12:37 / 10.03.2025
O‘zbekiston fuqarosi qariyb 5,1 mln dollarga Seuldan kvartira sotib oldi

16:52 / 08.03.2025
Janubiy Koreya prezidenti tergov izolyatoridan ozod etildi

14:07 / 07.03.2025
Janubiy Koreya prezidentini hibsga olish orderi bekor qilindi

12:20 / 06.03.2025