Buyuk Britaniyada yangi pullarda hayvon yog‘laridan foydalanish imkoniyati o‘rganilmoqda

Iqtisodiyot 13:24 / 01.12.2016 5080

Angliya banki rezinadan yasaluvchi yangi besh funtli kupyuralarda hayvon yog‘larini qo‘llash imkoniyatini o‘rganib chiqmoqda, deyiladi bank axborotnomasida.

Avvalroq, Britaniya vegan va vegetarian jamiyatlari vakillari yangi rezina banknotalarda, hayvonlardan olingan mahsulotlar, xususan yog‘lardan foydalanilayotgani xususida noroziligini bildirgan edi. Bayonotda aytilishicha, Angliya banki mavjud muammoga jiddiy e'tibor beradi va fuqarolarning tashvishlarini hurmat qiladi. 

"Bu muammo endi aniqlandi, Bank shartnoma imzolaganda, bundan xabari yo‘q edi", — deyiladi xabarda. 

Banknotalarni tayyorlash uchun material yetkazib beruvchi Innovia kompaniyasi ma'lumotlariga ko‘ra, polimer granulalarni tayyorlashning dastlabki bosqichida  hayvon yog‘lari juda kam miqdorda qo‘llaniladi. 

"Innovia ayni vaqtda yetkazib berish zanjirlari ustida tinimsiz ishlamoqda, u Angliya bankini tergov jarayonidan xabardor qilib turadi hamda so‘nggi qarorini ma'lum qiladi", — deyiladi Britaniya Markaziy banki xabarida. 
 

Ko‘proq yangiliklar: