Tramp tvitlari AQSh bozoriga ta'sir ko‘rsatayotgani ma'lum bo‘ldi

Iqtisodiyot 12:02 / 30.11.2016 6031

AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Trampning ko‘plab oshkora tvitlari mamlakat bozoriga foyda keltirishi mumkin. Bu haqda Bloomberg Singapur birjasi top-menejyeri Chu Sutatga tayangan holda xabar berdi.

«Tramp kelishi bilan katta noaniqlik va turli sektorlarda savdo qilish imkoni ham paydo bo‘ldi. U har kuni tvitlaydi. Biz ularning bozorlarga ta'siri haqida tushunchaga ham ega emasmiz, va treyderlar aynan shunday holatlarni ma'qul ko‘rishadi», — ma'lum qildi Chu.

Ma'lum bo‘lishicha, Trampning AQSh prezidenti etib saylanishi Singapur birjasida savdo qilinuvchi aksiyalar qiymatini $937 mln.ga oshirib yuborgan.
Shuningdek, AQSh va dunyodagi bir qator indekslar saylov natijalaridan keyin tarixiy rekordlarni yangiladi.
 

Ko‘proq yangiliklar: