OAV: Lufthansa’da uchuvchilarning ish tashlashi aviakompaniyaga 15 mln yevroga tushadi

Iqtisodiyot 16:42 / 30.11.2016 2363

Uchuvchilarning ish tashlashi Lufthansa aviakompaniyasiga taxminan 15 mln yevroga tushadi. Bu haqda Bild gazetasi ma'lum qilgan. Shu ma'noda o‘tgan haftada boshlangan ish tashlashlar konsernga jami 75 mln yevro zarar keltirmoqda. 

Uchuvchilarning aksiyani davom ettirishlari sabab Lufthansa chorshanbada rejalashtirgan 890ta parvozni bekor qildi. "98 mingga yaqin yo‘lovchi bundan jabr ko‘rmoqda", - dedi kompaniya vakili. 30 noyabr va 1 dekabrda jami 1,7 ming reys bekor qilingan.

Uchuvchilarni ish tashlashga Germaniyaning Vereinigung Cockpit kasaba uyushmasi chaqirgan. Avikompaniyaning ishi ikki haftadirki chegaralanib qolmoqda. O‘tgan haftadagi ish tashlashlar oqibatida jami 3 mingta parvoz bekor qilingan edi.

Ko‘proq yangiliklar: