Krishtianu Ronaldu «MYu»dan kimni ko‘proq sog‘inishini aytdi

Sport 21:00 / 30.11.2016 12291

O‘z davrida «Manchester Yunayted» tarkibida to‘p surgan Krishtianu Ronaldu eski jamoadoshlari ichida Runini alohida qo‘msashi haqida gapirib o‘tdi.

«U juda kuchli futbolchi edi. Men uni «Pitbul» deb chaqirardim. Runi fantastik futbolchi edi, juda ko‘plab gollar urardi. 

U menga juda ko‘p marta ko‘maklashgan. Ueyn bilan birga to‘p suradigan davrlarimni sog‘indim. Kelajakda u bilan yana bir jamoada o‘ynash imkoniyati bo‘ladimi, yo‘qmi bilmayman. Balki ajoyib kunlarning birida yana bitta jamoa safida o‘ynash nasib qilar», deya Ronaldudan iqtibos keltiradi UYeFA rasmiy sayti.

Ko‘proq yangiliklar: