AQSh kongressi Ukrainaga harbiy ko‘mak ajratadi

Iqtisodiyot 09:58 / 30.11.2016 3045

AQSh kongressi keyingi moliyaviy yilda Ukrainaga harbiy ko‘mak ko‘rsatish uchun 350 mln dollar ajratadi. Bu qiymat AQSh mudofaa byudjyeti loyihasiga kiritilgan.

Bu haqda TASS axborot agentligiga 29 noyabrda senatning qurolli kuchlar ishlari bo‘yicha qo‘mitasi vakili ma'lum qildi.

Vakilning aytishicha, bu pullarning ishlatilishi bo‘yicha qarorni AQSh prezidenti qabul qiladi, buning uchun hech qanday qo‘shimcha shartlar ko‘zda tutilmagan. 

Bundan tashqari, qo‘mitada ma'lum qilinishicha, byudjyet loyihasiga NATOni Yevropada mustahkamlash uchun 3,4 mlrd dollar ajratilishi moddasi kiritilgan. Ayni vaqtda Kongressning ikki palatasi qo‘mitalari 2017 moliyaviy yil uchun mudofaa byudjyeti bo‘yicha kelishib oldilar, u bo‘yicha ovoz berish joriy hafta oxirida o‘tkazilishi belgilangan. Mudofaa byudjyetining umumiy hajmi 618,7 mlrd dollarni tashkil qiladi.  

 

Ko‘proq yangiliklar: