Harri Potter haqidagi sakkiz film yagona videoga jamlandi

Foto: Warner Bros.
Harri Potter haqida ishlangan barcha filmlar 78 daqiqali yagona videoga joylashtirildi. Wizardhood roligi Vimeo portalida joylashtirilgan. Birlashtirilgan video muallifi – Tim Stifler.
The Independent yozishicha, Joan Rouling tomonidan qalamga olingan Harri Potter haqidagi qissa keyingi avlod tasavvurida muhim o‘rin tutadi. Bunga «Fantastik maxluqlar va ular qayerda oziqlanishadi» kitobiga bo‘lgan qiziqishning ortishi ham misol bo‘la oladi. Buning yorqin namunasi sifatida muxlislardan birining Potter haqidagi barcha filmni bir joyga jamlaganini aytib o‘tish lozim.
Gazetaning yozishicha, bu talqin 1140 daqiqali barcha sakkiz filmni tomosha qilish uchun vaqti bo‘lmagan muxlislar uchun juda qulay.
Mavzuga oid

19:47 / 27.09.2024
Britaniyalik aktrisa Meggi Smit vafot etdi

07:43 / 27.04.2024
O‘zganing sir saqlanishi lozim bo‘lgan videolarini tarqatmaslik evaziga pul talab qilgan ayol ushlandi

12:54 / 16.05.2023
"Telegram"da fuqarolar sha’nini kamsituvchi videolar joylashtirgan guruh qo‘lga olindi

11:46 / 24.05.2021