Saudiya Arabistonining suv investitsiyasi uchun 50 milliard dollar mablag‘ talab qilinadi

Iqtisodiyot 10:09 / 28.11.2016 5226

Saudiya Arabistoniga suv sektori investitsiyasi uchun qo‘llab-quvvatlovchi xususiy jamg‘armalar tomonidan 53 milliard dollardan ortiq mablag‘ kerak bo‘ladi. Bu haqda mamlakatning rasmiy vakillari xabar qiladi.

Qirollik o‘z iqtisodini investitsiya hajmini oshirish va xususiy sektorning yangi sohalarini rivojlantirish hisobiga diversifikatsiya qilmoqda. 

Xususiylashtirishga yo‘naltirilgan davlat organlari orasida ko‘rfaz va Qizil dengiz qirg‘oqlaridan suvni tozalab oluvchi Saline Water Conversion Corporation (Tuzli suv konvertatsiya korporatsiyasi) ham bor.

“Kelajakda o‘simliklar xususiy sektor tederiga o‘tkaziladi,” - deydi SWCC hokimi Ali Al-Hazmi davlat tomonidan tashkil etilgan Water Investment forumida.
“Xususiylashtirish uchun bizda barcha narsa yetarli”.

Hech qanday daryosi bo‘lmagan sahro qirolligi suvning ko‘p qismini dengiz suvini sho‘rsizlantirish orqali, qolganlarini esa yer osti manbaalaridan oladi.

“Bu juda ko‘p mablag‘ hamda kapital investitsiyalarini talab qiladi,” - deydi Atrof-muhit himoyasi, suv resurslari va qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari Mansur Al-Mushaiti forumda.

“Biz yaqin besh yil ichida kapitalga talablar 53.3 milliard dollardan oshishini taxmin qilmoqdamiz”.

1974 yil tashkil topgan SWCC sho‘rsizlantirilgan suv ishlab chiqarish bo‘yicha eng yirik kompaniya sanaladi. U 28ta zavodda foydalaniladi va jarayonning bir qismi sifatida milliy elektr tarmoqlari uchun elektrenergiya chiqarib berish imkoniga ega.

Hazmining aytishicha, Saudiya Arabistonining suvga tanqisligi yiliga 5 foizdan ko‘proq oshib bormoqda. 2020 yilga kelib qirollik “strategik hamkorlar” orqali 52 foiz sho‘rsizlantirilgan suv ishlab chiqarishni mo‘ljallagan.

Ko‘proq yangiliklar: