Yevropa Ittifoqi Chexiyaga “yashil energetika” bo‘yicha 31 milliard yevro ajratadi

Iqtisodiyot 19:38 / 28.11.2016 3351

Yevropa Ittifoqi Chexiyaga qayta tiklanuvchi manbalardan elektr quvvatini ishlab chiqarish uskunalarini qo‘llab-quvvatlashga €30,95 mlrd ajratadi, deb xabar bermoqda TASS Yevrokomissiya bayonotiga asosan.

«Yevrokomissiya bugun Chexiyada qayta tiklanuvchi manbalardan elektroenergiyani ishlab chiqaruvchi obektlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini tasdiqladi. Tashkilot bunday choralar YeIning energetik va iqlim dasturlarini amalga oshirishga turtki berishi haqidagi xulosaga kelgan. Bu o‘zaro raqobatchilikni buzmay turib amalga oshiriladi», - deyiladi hujjatda.

Eslatib o‘tamiz, Chexiya ikki yil avval byudjyetdan so‘nggi 10 yil davomida qurilgan va qayta tiklanuvchi manbalardan elektroenergiyani yuzaga keltiruvchi stansiyalarni qo‘llab-quvvatlash uchun mablag‘ ajratish haqida qaror qabul qildi.

2014 yil jahon bozoridagi neft narxlarining tushib ketgani qayta tiklanuvchi manbalardan quvvat ishlab chiqarish, elektr energiyasini uglevodorodlarni qayta ishlash orqali olishga qaraganda foyda keltirmasligini ko‘rsatdi.

Avvalroq, Germaniya butunlay qayta tiklanuvchi manbalarga o‘tishi xabar qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: