Britaniyaliklar YeI fuqaroligini sotib olishlari mumkin bo‘ladi

Iqtisodiyot 12:49 / 26.11.2016 3718

Brexit jarayoni yakunlangach, britaniyaliklarga YeI fuqaroligini xarid qilish taklif etiladi, deb yozmoqda The Times nashri.

Ta'kidlanishicha, ushbu tashabbusni Yevropaparlament ishlab chiqmoqda. Unga muvofiq, Buyuk Britaniya fuqarolari yillik to‘lov hisobiga YeIga a'zolikning ayrim imtiyozlarini saqlab qolishlari mumkin bo‘ladi. 

Mazkur g‘oyani Belgiyaning sobiq vaziri va Yevroparlamentning Brexit bo‘yicha muzokarachisi Gi Verxofstadt ma'qullagan.

Nashrning yozishicha, Yevroparlament ushbu tashabbus yuzasidan 2017 yil oxirigacha ovoz beradi. Shundan so‘ng, hujjatni YeIga a'zo davlatlar tasdiqlashi talab etiladi. 

Ko‘proq yangiliklar: