Apple 2016 yilda reklamaga qancha pul sarflaganini oshkor qilmadi

Iqtisodiyot 16:43 / 25.11.2016 5411

Apple kompaniyasi 2016 yilda reklama ketgan xarajatlarini oshkor qilmadi. Bu haqida Business Insider nashri korporatsiyaning AQSh birjalar va qimmatbaho qog‘ozlar komissiyasi (SEC) hisobotiga asoslanib, xabar berdi

"Reklama xarajatlari" bo‘limida Apple bu pullarning "tijorat, umumxo‘jalik va ma'muriy xarajatlar"ga (SG&A)taalluqli ekanligini ko‘rsatgan. Hisobotga ko‘ra, SG&A xarajatlari 2016 yilda 1 foizga qisqargan va 14,1 milliard dollarni tashkil qilgan. 2015 yilda xodimlar maoshlarini ham o‘zida jamlagan bu ko‘rsatkich 19 foizga o‘sganligi kuzatilgan. 

Hisobotda Apple 2016 yilda SG&A xarajatlarining kamayishini "diskretsion va reklama xarajatlarining qisqarishi" bilan izohlagan. 

Biroq Apple tomonidan SG&A xarajatlarini qoplashga ajratilgan daromad ulushi bir foizli punktga o‘sgan va 7 foizni tashkil qilgan. Wells Fargo tahlilchilarining taxminlariga ko‘ra, Apple reklamaga sarflangan xarajatlarini yashirishga uringan. Ularning fikricha, kompaniya umumiy daromadni oshirish maqsadida reklamaga ko‘proq pul sarflagan. 

2015 yilda Apple'ning xarajatlari 50 foizga oshgan va rekord darajadagi 1,8 milliard dollarga yetgan. Wells Fargo'da ta'kidlanishicha, kompaniya reklamaga ketgan pullarga oid ma'lumotlarni oshkor qilishni istamaganligi tufayli bu xarajatlarni qoplash daromadning qancha ulushini tashkil qilishini kuzatish qiyinroq kechadi. 

Manbada ta'kidlanishicha, kompaniyalar SG&A xarajatlari bo‘limida reklama xarajatlariga oid ma'lumotlarni oshkor qilishga majbur emas. Aksariyat korxonalar raqiblaridan bu ma'lumotlarni yashirish maqsadida ana shunday yo‘l tutishadi. Apple nashrga bu borada hech qanday izoh bermadi. 

Ko‘proq yangiliklar: