Yuan dollarga nisbatan jiddiy darajada qadrsizlandi

Iqtisodiyot 11:08 / 24.11.2016 8214

Xitoy Xalq banki (Markaziy bank) payshanba kuni milliy valyuta - jenminbi (yuanning rasmiy nomi) kursining amerika valyutasiga nisbatan 181 tayanch punktini o‘rnatdi. U bir dollar uchun 6,9085 yuan darajasida belgilandi. Bu 2008 yildan beri eng minimal ko‘rsatgich.

Yuanni dollarga ayirboshlash kursini yaratish mexanizmi o‘tgan yilning avgustida boshlangan. Xitoyliklar o‘shanda valyuta kursini bozor omillari o‘rnini oshirish uchun “hisoblash uslubini optimallashtirish” haqida ma'lum qilishgan. Shuningdek, XXR tashqi savdosidagi ijobiy saldo hisobga olinib, yuanning boshqa davlatlar valyutalariga nisbatan kuchli pozitsiyasini yaratish rejalashtirilgan.

Xalq banki tomonidan o‘rnatiluvchi rasmiy tenglik kursiga birja kursining ta'siri 2 foizdan oshmasligi lozim.

O‘tgan haftada Xitoy Xalq banki (Markaziy banki) mamlakat milliy valyutasining dollarga nisbatan kursini 0,26 foizga pasaytirgandi. 

Ko‘proq yangiliklar: