Qozog‘iston rivojiga 25 mlrd yevro kiritishni va'da qilgan “milliarder”ning mablag‘i yo‘q ekan

Iqtisodiyot 19:01 / 24.11.2016 21521

Qozog‘iston rivojiga 25 mlrd yevro kiritishga va'da bergan milliarder hozircha puli yo‘qligini tan oldi. Baybek Shimirbayev NUR.KZ muxbiriga shuncha mablag‘ni qayerdan olib berishini aytib o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, Janubiy-Qozog‘iston viloyati hokimi bilan uchrashuvda Shimirbayev hudud rivoji uchun 5 mlrd yevro berishga tayyorligini ma'lum qilib, barchani hayron qoldirgandi.

Milliarder Qozog‘iston mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan mamlakat prezidentiga ham qimmatbaho sovg‘a qilishini va'da berdi.

Nashr muxbiri bilan telefondagi suhbatda Baybek Shimirbayev bu maqsad uchun hukumat grantidan foydalanilishini ma'lum qildi.

“Menga hukumat granti berishgach, pullarni beraman. Ular Rossiya va Yevropaning sanksiyalardan maxfiy mablag‘lari bo‘lib, Qozog‘iston orqali chiqarib olishadi.
Bunday sxema umumiy summaning 70 foizini chiqarib beradi. 15 foizi esa bankda ushlab qolinadi. Tushunarliki, 15 foiz menda qoladi. Aynan shu foizni men yo‘naltiraman.

Bu o‘zim ishlab chiqqan murakkab sxemadir. Hukumatdan grant olgach, pullarni Qozog‘istonga erkin ravishda yo‘naltiraman. Pullarni esa sarmoyadorlardan olaman.

Ular bilan 15 yil avval Moskvada tanishib, aloqa o‘rnatib bo‘lgandim. Men sanoat, qurilish va qishloq xo‘jaligi sohalarida tadbirkorlik bilan shug‘ullanaman.

Prezidentga xat yo‘lladim. Nursulton Abishevich uni ko‘rgach, meni chaqiradi va pullar haqida so‘zlab beraman”, - deya aytib o‘tdi Baybek Shimirbayev.

Janubiy Qozog‘iston viloyati hokimi bilan uchrashuvda Shimirbayev Olmaota hokimi Bauirjan Baybekka 10 mlrd yevro berganini ma'lum qildi.

Biroq, ma'lum bo‘lishicha “milliarder” Olmaota rahbariga faqatgina xat jo‘natgan. Unda shahar rivojiga mo‘ljallangan pullarni 24 oktabrda berish niyati haqida so‘z yuritiladi.

Bir oydan beri javob olmagan tadbirkor biroz tushkun kayfiyatda.

“Men Bauirjan Baybekka shahar rivoji va Kapshag‘ayda aeroport qurilishi uchun 10 mlrd yevro berishni taklif qildim. Bu yangi turdagi, zamonaviy va juda ham qulay aeroport bo‘ladi”, - aytib o‘tdi u.

Eslatib o‘tamiz, Shimirbayevning mamlakat iqtisodiyotining rivoji uchun 25 mlrd yevro berish haqidagi taklifi aksariyat qozog‘istonliklarni hayratlantirdi.

 

Ko‘proq yangiliklar: