Norvegiyada 200 kronalik kupyurada treska tasviri paydo bo‘ladi

Iqtisodiyot 18:15 / 23.11.2016 5476

Norvegiyada treska, baliqchilik qayig‘i va baliq ovlash to‘ri tasviri qiymati 200 krona bo‘lgan yangi pul kupyurasiga tushirilishi mumkin. The Independent Barentsobserver nashri xabariga ko‘ra, bunday kupyuralarni kelayotgan bahor oylarida chiqarish rejalashtirilgan.

“Yuz yillar davomida baliq ovlash Norvegiya qirg‘oqlarida pul topishning asosiy manbai va madaniyatning ajralmas bir qismi bo‘lib kelgan”, – deya keltiradi nashr Norvegiya Markaziy bankining yangi kupyuralar haqidagi mulohazasini. 

Banknotaning teskari tarafida baliqchilik qayig‘i, baliq ovlash to‘ri va to‘lqinlardagi navigatsion belgi tasvirlanadi.

Shuni ta'kidlab o‘tish lozimki, norvegiyaliklar baliqchilik va dengiz mahsulotlariga alohida munosabatda bo‘lishadi. Aynan baliq bilan boy suvlarni qidirish ko‘chmanchilarni hozirgi Norvegiya sohillariga 11 ming yil avval kelib qolishiga turtki bergan.

“Treska bugun ham davlat iqtisodiyoti uchun o‘ta muhim o‘rin tutuvchi mahsulotdir”, deya ta'kidlanadi nashrda.

Xabar qilinishicha, davlat statistikasi ma'lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yili Norvegiya 7,9 mlrd kronalik (873 mln. yevro) treskani eksport qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: