MDHlik sarmoyadorlar 3 yil ichida Dubay ko‘chmas mulkiga qancha mablag‘ kiritgan?

Iqtisodiyot 14:06 / 23.11.2016 10990

Rossiya, Qozog‘iston, Ozarboyjon, O‘zbekiston, Ukraina, Turkmaniston, Tojikiston, Belorussiya, Armaniston, Qirg‘iziston va Moldova davlatlarining xususiy sarmoyadorlari so‘nggi uch yilda Dubayda 3,8 milliard dollarlik ko‘chmas mulk xarid qilgan. Bu haqda, shahar amirligi yer departamenti axborotnomasiga asoslangan holda RIA “Novosti” xabar qilmoqda

Umuman, Dubay shahridagi ko‘chmas mulkka yuqoridagi mamlakatlardan kelgan 6 mingga yaqin inson sarmoya kiritgan, deya aniqlik kiritiladi xabarda. 

Dubay yer departamenti sarmoyalar bo‘limi vakili Majid Ali Rashidning so‘zlariga ko‘ra, "rus tilida so‘zlashuvchi mamlakatlar fuqarolari tomonidan Dubay ko‘chmas mulkiga talab oshayotgani kuzatilmoqda". Shu munosabat bilan, ular bilan muloqot qilish maqsadida maxsus xizmat joriy qilish rejalashtirilmoqda. 

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) — sobiq SSSR respublikalarining aksariyati ishtirokida tashkil etilgan davlatlararo birlashmadir. U 1991 yil 8 dekabrda Belorussiya, Rossiya Federatsiyasi va Ukraina tomonidan tashkil etilgan. Bugungi kunda uning tarkibiga Rossiya, Qozog‘iston, Ozarboyjon, O‘zbekiston, Ukraina, Turkmaniston, Tojikiston, Belorussiya, Armaniston, Qirg‘iziston va Moldova davlatlari kiradi.

Ko‘proq yangiliklar: