Hindistonda valyuta islohoti doirasida 80 mlrd dollarga teng eski pullar muomaladan chiqarildi

Iqtisodiyot 07:30 / 22.11.2016 5753

Hindistonda valyuta islohotining dastlabki 8 kunida 80 mlrd dollarga teng eski qog‘oz pullar muomaladan chiqarildi, deb xabar bermoqda Hindiston zaxira banki.  

9 noyabrdan Hindistonda xufyona iqtisodiyot, korrupsiya, qalbaki pul ishlab chiqaruvchilar va terrorchilikni moliyalashtirishga qarshi kurash doirasida mamlakatdagi eng katta kupyuralar – 500 va 1000 rupiylik qog‘oz pullar muomaladan chiqarildi. Fuqarolar eski valyutadan 2 ming rupiy miqdoridagi summani almashtirib olish yoki valyutani hisob raqamiga qo‘yib, uni haftasiga 24 ming rupiydan yechib olish imkoniyati orqali xalos bo‘lishlari mumkin.   

"Banklar 2016 yil 10 noyabrdan 18 noyabrgacha umumiy hisobda 5,4 trln rupiy (80 mlrd dollar) almashtirganlar yoki qabul qilganlar, undan 33 mlrd rupiylik valyutani (5 mlrd dollar) almashtirganlar va 5,1 trln rupiyni (75 mlrd dollar) deponentga olganlar", deyildi matbuot bayonotida.  

Bundan tashqari, bankomatlardan bir trln rupiy (1,5 mlrd dollar) yechib olingan.

Hukumatning hisob-kitobiga ko‘ra, muomaladan chiqarilayotgan banknotalar aholida mavjud valyutaning 86 foizini tashkil qiladi. Bu esa 209 mlrd dollarga teng. Shu tariqa, muomaladan eski banknotaning deyarli yarmi chiqarib bo‘lindi.

 

Ko‘proq yangiliklar: