Qozog‘iston yirik neft konidan foydalanishni boshladi

Iqtisodiyot 17:35 / 21.11.2016 6321

Kaspiy dengizining Qozog‘istonga qarashli hududida topilgan Kashagan neft konida tijoriy maqsadlarda neft qazib olish ishlari boshlandi, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi respublika energetika vaziri Kanat Bozumbayevga asoslangan holda. 

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, 2017 yilda ushbu konda 8 mln tonnagacha neft qazib olish rejalashtirilmoqda.
 
Oktyabr oyi o‘rtalarida, ishga tushirish chog‘ida qazib olingan neft mahsulotlari Kaspiy quvuro‘tkazish konsorsiumi va «KazTransOyl» quvurlari orqali eksport qilingan. Bundan tashqari, «Intergaz Tsentralnaya Aziya» kompaniyasi magistral tizimiga 22,8 mln kubmetr tabiiy gaz yo‘naltirilgan. 

Ko‘proq yangiliklar: