Tyumen viloyatida ro‘y bergan yong‘inda halok bo‘lganlar tojikistonliklardir

Foto: © RIA Novosti
Rossiyaning Tyumen viloyati Yurginsk qishlog‘idan 7 km uzoqlikdagi "Absolyut Agro" MChJga qarashli parrandachilik fermasining qurilish maydonida yong‘in yuz bergani haqida avval xabar qilingan edi. 32 kvadrat metr maydonda yashash uchun o‘rnatilgan vagonlarda yong‘in sodir bo‘lgani oqibatida 7 kishi halok bo‘lgan, yana 3 kishi jabrlangan.
Ayni vaqtga kelib, halok bo‘lganlarning barchasi tojikistonlik mehnat muhojirlari ekani aniqlangan.
Voqea 19 noyabrga o‘tar kechasi ro‘y bergan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lganlar va jabrlanganlar shu yerda qurilish ishlarini olib borgan. Fojia sabablari o‘rganilmoqda.
Mavzuga oid

22:14
KXDR Ukrainadagi urush vaqtida harbiy zavodlari maydonini kengaytirdi

14:06
Britaniya razvedkasi: Rossiya Kursk oblastida bosimni oshiryapti

05:29
Qashqadaryodagi zapravkada ikkita sisterna yonib ketdi. Jarohat olganlar bor

23:00 / 10.03.2025