MTS guruhi daromadiga oid hisobotini e'lon qildi

Iqtisodiyot 11:07 / 18.11.2016 7691

MTS guruhining (Rossiya, Ukraina, Armaniston, Turkmaniston va Belorussiyada o‘z kompaniyalariga ega) 2016 yil III choragidagi daromadi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,3 foizga pasayib, 112,2 mlrd rublni tashkil etgan. Ta'kidlanishicha, uning daromadining pasayishi 2011 yildan beri ilk marotaba qayd etilmoqda. 

Bunda, MTS-Rossiya daromadi 0,8 foizga pasayib, 103,1 mlrd rubln hosil qilgan. Kompaniyaning mobil xizmatlarni taklif qilishidan ko‘rgan daromadi 2,7 foizga tushgan. Ammo, kompaniyaning uchinchi chorak bo‘yicha mijozlari soni 2,7 foizga o‘sib, 79 mln kishiga yetgan. 

Bundan tashqari, O‘zbekistondagi qo‘shma korxona tarkibidan chiqishi ham kompaniyaning moliyaviy ko‘rsatkichiga salbiy ta'sir etgan. 

Kompaniyaning joriy yil 9 oyidagi pul tushumi 2,8 foizga o‘sib, 324,1 mlrd rublni tashkil etgan. MTSning shu muddatdagi sof daromadi 14,7 foizga qisqargan va 36,1 mlrd rublni tashkil etgani xabar qilinmoqda. III chorakdagi sof foyda yillik ko‘rinishda 12,8 foizga pasaygan va 12,6 mlrd rubldan iborat bo‘lgan.

Ko‘proq yangiliklar: