Google kompaniyasi Janubiy Koreya xaritalarini namoyish eta olmaydi

Illyustrativ surat
Janubiy Koreya hukumati Google kompaniyasining Google Maps xizmati uchun xaritalarni taqdim etish bo‘yicha so‘rovini rad etdi, deb xabar qilmoqda Associated Press agentligi.
Koreya yer, infratuzilmalar va transport vazirligi fikricha, milliy xavfsizlik masalalari xaritalarni Google kompaniyasiga topshirishdan ko‘ra muhimroq va foydaliroqdir.
Janubiy Koreya qonunlari, xaritalar, shu jumladan harbiy inshootlar joylashuviga oid ma'lumotlarni mamlakat hududidagi serverlardan foydalanmaydigan xorijiy kompaniyalarga berishni taqiqlaydi. Google esa barcha ma'lumotlarni Janubiy Koreyadan tashqarida saqlaydi.
Ta'kidlanishicha, endilikda, Google kompaniyasi Janubiy Koreyada Google Maps xizmatini taklif eta olmaydi.
Mavzuga oid

12:37 / 10.03.2025
O‘zbekiston fuqarosi qariyb 5,1 mln dollarga Seuldan kvartira sotib oldi

16:52 / 08.03.2025
Janubiy Koreya prezidenti tergov izolyatoridan ozod etildi

14:07 / 07.03.2025
Janubiy Koreya prezidentini hibsga olish orderi bekor qilindi

12:20 / 06.03.2025