Tojikiston parlamenti 2017-2019 yillar uchun tashqi qarzlar dasturini qabul qildi. Mamlakat 916 million dollar olishni rejalashtirmoqda. Bu haqida Tojikistonning nm.tj portali xabar berdi.
"Tojikiston parlamenti 2017-2019 yillar uchun tashqi qarzlar dasturini qabul qildi. Oldindagi uch yil ichida mamlakat 916 million dollar miqdoridagi tashqi qarz olishni rejalashtirmoqda", - deyiladi xabarda.
O‘z navbatida, Tojikiston moliya vaziri Abdusal Qurboniyonning ta'kidlashicha, bu zayom va kreditlar qishloq xo‘jalik, ta'lim, sog‘liqni saqlash, energetika, kommunikatsiya, uy-joy xo‘jaligi, davlat boshqaruvi sohalari, shuningdek davlatning xususiy sektor bilan hamkorligiga yo‘naltiriladi.