Shvetsiya elektron valyuta joriy qiladigan birinchi davlat bo‘lishi mumkin

Iqtisodiyot 22:03 / 16.11.2016 6135

Shvetsiya banki yaqin ikki yil ichida mamlakatda "ekrona" deb ataluvchi elektron valyuta kiritish masalasini ko‘rib chiqmoqda, deb ma'lum qilmoqda Business Insider. Riskbank deb atalgan tashkilot rahbari o‘rinbosari Sesiliya Skinsli Financial Times’ga bergan intervyusida, Shvetsiya markaziy bankini mamlakatda ishlatiladigan naqd pulning falokatli tarzda kamayib ketgani bunday qilishga majbur qilmoqda. 2009 yildan beri mamlakatda muomalada bo‘lgan tangalar va qog‘oz pullar miqdori onlayn-xarid va to‘lovlarning bank kartalari yordamida amalga oshirilishi miqdori o‘sishi sababli 40 foizga kamayib ketgan.   

Shu sababli bank pul emissiyasining boshqa qanday yo‘llarini ishlatishi mumkinligi haqida o‘ylanib qolgan. Skinslining aytishicha, bu 300 yil avval qog‘oz pullarning paydo bo‘lishi bilan taqqoslanadigan inqilobdir. 

Ayni vaqtda Shvetsiyadagi banklar elektron pullarga kirishni markaziy bank yordamida taqdim qiladi, agar Shvetsiya elektron kronni joriy qilsa, bu foydalanuvchilar virtual pullarga bevosita kirishga ega bo‘ladigan birinchi holat bo‘ladi. Darvoqe, aynan Riskbank 1660 yilda qog‘oz pullarni muomalaga chiqargan birinchi bank bo‘lgan.

 

Ko‘proq yangiliklar: