Surxondaryo viloyatida paxta maydonlari hajmi qisqartiriladi

O‘zbekiston 19:39 / 16.11.2016 14315

Surxondaryo viloyatida yaqin 3 yil ichida paxta maydonlarining beshdan bir qismi meva-sabzavot ekinlari uchun ajratiladi. Bu haqda nuz.uz Respublika hukumatining 1 noyabrdagi qaroriga asoslangan holda xabar berdi.

Xabarda yozilishicha, 2019 yilda janubiy viloyatda paxta maydonlari 117 100 gektardan 90 300 gektarga, paxta hosilini yig‘ib olish esa hozirgi 328 800 tonnadan 264 000 tonnagacha qisqartiriladi.

Rasmiy prognozlarga ko‘ra, Surxondaryo viloyatida g‘alla ekinlari maydoni 98000 gektardan 93000 gektarga qisqartiriladi.

Shuningdek, yaqin 3 yilda Surxondaryoda sabzavot maydonlari 18 foizga oshib, 44,4 ming gektarga yetishi kutilmoqda. Bog‘lar, dukkakli va ozuqabop ekin maydonlari hajmi oshadi.

Hukumat tomonidan 2016 yilning 9 noyabrida chiqarilgan qarorda Surxondaryo viloyatida dehqon xo‘jaliklari imkoniyatlaridan samarali foydalanish-chora tadbirlari ham tasdiqlangan.

Hujjatga ko‘ra, 2016 yilning 10 dekabriga qadar viloyatning har bir tumanida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlari eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hamda fermerlar va «O‘zagroeksport» kompaniyasi ishtirokida agrofirmalar tashkil etiladi.

Ularning faoliyati «O‘zagroeksport», Kichik biznes eksport fondi va Milliy bankning Toshkent shahri bo‘limlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.

Ularni rivojlantirish uchun, tashkil qilinganidan keyin 1 oyi ichida har bir agrofirma faoliyatini yuritish uchun kamida 2 milliard so‘mdan mablag‘ ajratiladi.

Bunday agrofirmalar ustav fondi hajmidan qat'i nazar meva-sabzavot, rezavor va tok mahsulotlari ulgurji savdosi bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘ladi. 

Rasmiy manbalar ma'lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonda 2020 yilga qadar paxta xom ashyosini yetishtirish va davlat xaridi 3 million 350 ming tonnadan 3 million tonnaga tushiriladi.

Paxta xom ashyosi yetishtirishni 350 ming tonnaga qisqartirish hisobiga 170,5 ming gektar hosildorligi past, paxta hosili gektaridan 12-15 sentnerdan oshmaydigan (mamlakatda o‘rtacha hosildorlik gektariga 26,1 sentnerni tashkil etadi) sug‘oriladigan yerlar bo‘shaydi. 

Hozirda O‘zbekistonda meva-sabzavot va tok mahsulotlari yetishtirish uchun sug‘oriladigan yerlarning 20 foizidan foydalanilmoqda.

Mamlakatda meva va tok mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashgan 24,7 mingdan ortiq fermer xo‘jaliklari va 3,6 mingdan ortiq sabzavot va rezavorlar yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari mavjud.

Surxondaryoda yangicha ko‘rinishdagi agrofirmalar tashkil qilinadi

Ko‘proq yangiliklar: