Jyeki Chan Ginnesning rekordlar kitobidan joy oldi

Foto: GuinnessWorldRecords
Jyeki Chan kino sanoatidagi 56 yillik faoliyatidan so‘ng Akademiya tomonidan sharafli mukofotni qo‘lga kiritdi. 12 noyabrda jahonga mashhur aktyor va rejissyor Jyeki Chan kino san'atiga qo‘shgan hissasi uchun faxriy "Oskar" bilan mukofotlangani haqida xabar bergan edik.
Endi esa afsonaviy aktyor 2 karra Guinness World Records sovrindori bo‘ldi. Guinness World Records'ning Facebook'dagi sahifasida aktyorni bunday rekord natijalar bilan qutlashdi.
U 1972 yildan buyon katta ekranlarda 100 martadan ortiq kaskadyor-aktyor sifatida namoyon bo‘lgan, shuningdek o‘z karerasi davomida ko‘plab jarohatlar (burun sinishidan to bosh suyagining sinishigacha) olgan Jyeki Chan "Eng ko‘p tryuklarni o‘zi bajaruvchi aktyor" nomiga ega bo‘lgan.
Shuningdek Jyeki "Bir kartinada eng ko‘p vazifani bajargan inson" sifatida ham rekord natijani qayd etgan - "Xitoycha burj" filmida u ssenariynavis, rejissyor, aktyor, prodyuser, ijrochi direktor, operator, art-direktor, ishlab chiqarish guruhi rahbari, ovqatlanish muvofiqlashtiruvchisi, kaskadyor, tryuklar sahnalashtiruvchisi, mer, bastakor, rekvizit va vokalchi vazifalarini o‘zi uddalagan. Jyeki Changa topshirilgan mukofot uning mehnatsevarligi va iste'dodini yana bir bor tasdiqlaydi.
Mavzuga oid

20:37 / 03.03.2025
Falastin kurashi haqidagi «Boshqa yer yo‘q» hujjatli filmi «Oskar»ga munosib ko‘rildi

11:02 / 03.03.2025
«Anora» - «Oskar»ning bu yildagi asosiy filmi bo‘ldi. Uning rejissyori Shon Beyker to‘rtta mukofotni qo‘lga kiritdi

18:00 / 30.08.2024
O‘zbekistonda eng katta ebru tasviri bo‘yicha jahon rekordi o‘rnatildi

11:13 / 12.03.2024