«Sifat nazorati» navbatdagi g‘olibini aniqladi

Iqtisodiyot 08:26 / 15.11.2016 11531

O‘zbekistan Respublikasi Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasi va hamkor tashkilotlar ko‘magida o‘tkazilgan «Sifat nazorati» ko‘rsatuvida Makarne makaron mahsulotlari korxonasi g‘olib deb topilib, «Yuksak Iste'mol madaniyati» va «Tashakkurnoma» bilan taqdirlandi. Bu haqda «KUN.UZ»ga korxona mutasaddilari ma'lum qildi.

2015—2016- yillar mobaynidagi «Sifat nazorati» ko‘rsatuvida 34 dan ortiq korxonaning 30 dan ortiq oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari o‘rganildi va ular ichidan 14 korxona mahsulotlari talab darajasida deb topilib, hozirda rag‘batlantirilmoqda.

Makarne makaron mahsuloti ayni turdagi mahsulotlardan farqli ravishda mukammal texnologiya asosida tayyorlanadi. Mazkur usul natijasida makarondagi kimyoviy-fizik jarayonlarning salomatlik uchun foydasi oshib, makaron sifatining uzoq vaqt saqlanib turishi ta'minlanadi. Ko‘rsatuv jarayonida oshpazlar tomonidan pishirib, qaynatib ko‘rilgan Makarne makroni tajribadan a'lo darajada o‘tdi va o‘zining o‘zgacha ta'mi, mazasi, chidamliligi va ajoyib ko‘rinishi bilan boshqa shu turdagi mahsulotlardan ajralib turdi.

Mahsulotning nafaqat sifati, balki ixcham va bejirim qadoqlanish usuli ham ekspertlarning diqqatini o‘ziga tortdi. Qadoq ustida ishlab chiqarilgan sana, pishirish davomiyligi, saqlash harorati va muddati ko‘rsatilganligi uning mukammalligini ko‘rsatadi. Kelajakda shu turdagi sifatli makaron turlarini ishlab chiqarishni yanada takomillashtirib, yurtimiz dasturxonlariga tortiq qilish rejalashtirilgan.

Reklama huquqi asosida.

Ko‘proq yangiliklar: