Xitoy va Peru yirik hajmdagi savdo shartnomasini imzoladi

Iqtisodiyot 13:12 / 15.11.2016 4454

Xitoy va Peru umumiy qiymati 2 mlrd dollarlik savdo kelishuvini imzoladi, deb xabar qilmoqda Sinxua agentligi.

Mazkur bitim Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi sammiti arafasida imzolangan. Hujjatda yengil sanoat, to‘qimachilik, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, tibbiyot, metall va minerallarni sotish va xarid qilishga oid shartnomalar o‘z aksini topgan. 

"Dunyodagi murakkab va noqulay vaziyatga qaramasdan, Xitoy-Peru savdo hajmi o‘sishga va rivojlanishga erishdi", — degan XXR tijorat vazirligi vakili Chju Yun tantanali imzolash marosimida.

17-18 noyabr kunlari Peru poytaxti Lima shahrida OTIH vazirlari uchrashuvi tashkil etiladi. OTIH davlatlari rahbarlarining sammiti esa, 19-20 noyabr kunlari bo‘lib o‘tishi belgilangan.
 

Ko‘proq yangiliklar: