Jahon | 09:08 / 12.11.2016
11541
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya bosh vazirining samolyoti texnik nosozlik tufayli Tel-Avivdan ko‘tarila olmadi

Foto: Lex Raytonimagebroker.com/Globallookpress

Isroilga tashrif buyurgan Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev boshchiligidagi delegatsiya samolyoti Tel-Aviv aeroportidan parvoz qila olmadi. Samolyot Moskvaga uchishi kerak edi. Samolyot bortida shuningdek OAV vakillari ham bo‘lgan. 

Medvedev Isroil va Falastinga amaliy tashrif bilan kelgandi. Samolyot ekipaji a'zosi ma'lumotlariga ko‘ra, samolyot texnik nosozlik tufayli ucha olmagan. Samolyotni vaqtincha tark etayotgan yo‘lovchilarning aytishicha samolyot yonida kanalizatsiya hidi sezilgan.    

Keyinroq samolyot ekipaji parvoz 12 noyabr tongigacha qoldirilishini ma'lum qilgan. Nosozlikka nima sabab bo‘lgani ma'lum qilinmagan      

Medvedev Isroilga mamlakat prezidenti Reuven Rivlin va bosh vazir Benyamin Netanyaxu bilan uchrashgani kelgandi.

Tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar davomida savdo-iqtisodiy, investitsion, ilmiy-texnik, innovatsion va gumanitar hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilingan. 

 

Mavzuga oid