XVJ Misrga 12 mlrd dollarlik kredit taqdim qilishni ma'qulladi

Iqtisodiyot 13:09 / 12.11.2016 5070

Xalqaro valyuta jamg‘armasi Misrga 12 mlrd dollarlik kredit berishni ma'qulladi. Bu haqda 11 noyabrda Qohirada Misr moliya vaziri Amir al-Garxiy ma'lum qildi. 

XVJning bu krediti uch yilga mo‘ljallangan bo‘lib, Misr hukumatining iqtisodiy islohotlar dasturini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Kreditning bir qismi savdo banklari orqali taqdim qilinadi.

XVJ matbuot xizmati jamg‘arma direktorlar kengashi 2,75 mlrd dollarlik birinchi transhni o‘tkazishga ruxsat berganini ma'lum qildi. 

"Qolgan mablag‘lar dasturning bajarilishi davomida beshta kuzatuv missiyasi o‘tkazilishi sharti bilan bosqichma-bosqich o‘tkazib beriladi", deyildi xabarda. 

MENA axborot agentligining xabar berishicha, Misr markaziy banki rahbari Tarik Amir Misr kreditning birinchi transhini olganini ma'lum qilgan. Amirning aytishicha, kredit 4 ta transh bilan o‘tkaziladi.
 

Ko‘proq yangiliklar: