Afg‘oniston parlamenti uch vazirni iste'foga chiqardi

Foto: Sputnik
Afg‘oniston parlamenti besamar faoliyati uchun uch nafar vazirni ishdan chetlatdi. Bu haqida Reuters agentligi xabar berdi.
Iste'foga chiqarilgan amaldorlar orasida Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri Salohiddin Rabboniy nomi qayd etilgan. Ma'lum bo‘lishicha, ishdan chetlatilgan vazirlar taqdim etilgan byudjyet vositalarini o‘z vaqtida sarflashning uddasidan chiqishmagan.
"Tashqi ishlar vaziri Salohiddin Rabboniy o‘z vazifasidan chetlatildi va biz prezidentdan bu hamda yana ikki vazir lavozimiga yangi nomzod tayinlashni so‘radik", - deyiladi afg‘on parlamenti spikeri xabarida.
Manbaga ko‘ra, gap davlat ahamiyatiga ega obektlar bo‘yicha vazir va aholiga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish vazirligi rahbari haqida ketmoqda.
Mavzuga oid

16:18 / 07.03.2025
Xudoyor Meliyev adliya vaziri o‘rinbosari lavozimidan ketdi

19:00 / 05.03.2025
Ichki ishlar vaziri birinchi o‘rinbosari Shavkat Rahmonov ishdan ketgan

18:53 / 05.03.2025
Tramp afg‘onistonlik «Bosh terrorchi» hibsga olinganini e’lon qildi

17:10 / 04.03.2025