YUNISEF va Ucell kompaniyasi bolalar manfaatlari muhofazasiga doir kelishuvni imzoladi

Fan-texnika 09:23 / 05.11.2016 6752

O‘zbekistondagi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar Jamg‘armasi va Ucell kompaniyasi bolalarning farovonligini yaxshilashga hissa qo‘shish maqsadida kelishuv imzoladi. Ushbu hamkorlik birinchi navbatda Jizzax, Qashqadaryo, Xorazm, Surxondaryo viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasining olis hududlarida joylashgan 30 maktabda sanitariya texnik va suv ta'minot inshootlarini barpo etish hisobidan, ushbu sohadagi holatni takomillashtirishga qaratilgan. Hamkorlik innovatsion texnologiyalar sohasini ham qamrab oladi, shuningdek xususiy tadbirkorlikni qo‘llab quvvatlash, va shu orqali biznes sub'yektlarini bolalar muhofazasi bilan bog‘liq jarayonlarga keng jalb qilishni ko‘zda tutadi .

 «Xususiy biznes barqaror rivojlantirish maqsadlarini amalga oshirishda muhim axamiyatda ega. Bu jarayonda aholining barcha qatlamlari, xususan bolalar manfaatlari alohida diqqat markazida - deya ta'kidladi Sasha Grauman, O‘zbekistondagi YUNISEF vakolatxonasini rahbari.

Ushbu tashabbuslar O‘zbekiston Respublikasi Hukumatini bolalar salomatligini muhofazasiga yo‘naltirilgan dasturlarni qo‘llab quvvatlashga qaratilgan. 

Ucell kompaniyasini batafsil press-relizi: https://ucell.uz/ru/myucell/press_srv/unicef_ucell_partnership

Reklama huquqi asosida.

Ko‘proq yangiliklar: