Mourino o‘yindan keyin Kontening qulog‘iga nima degani ma'lum bo‘ldi

Foto: VVS
«Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino «Chelsi»ga qarshi o‘yindan keyin raqiblar bosh murabbiyi Antonio Kontega nima degani ma'lum bo‘ldi.
«Bunday nishonlamaslik kerak. 1:0 bo‘lsa mayli edi. 4:0 hisobida esa bu shunchaki bizni yerga urishdir», – deya uning so‘zlarini keltirgan Italian Football TV.
Bundan oldinroq Antonio Konte o‘yin yakunidagi harakatlariga izoh berib (u to‘rtinchi golni katta xursandchilik bilan nishonlagandi - tahr.), muxlislardan futbolchilarga olqish olib berish niyatida bo‘lgani, bunga futbolchilar munosib bo‘lgani haqida aytib o‘tgandi. U Mourino bilan o‘yindan keyingi gaplarni oshkor qilmaslikni ma'qul ko‘rgan.
Mavzuga oid

12:13 / 16.11.2021
«Roma»dagi asosiy maqsad, Mourinoning boshqalardan farqi, «Paxtakor»ga o‘tmagani, Babayan, Kuper, Abramov va Katanets davri taqqosi – Shomurodov bilan intervyu

23:07 / 26.05.2021
Konte «Inter» bilan shartnomani bekor qildi

08:11 / 30.09.2020
Mourino-Lempard tortishuvi. Murabbiylar vaziyatga izoh berishdi

23:01 / 25.03.2019