Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zavtosanoat» AK mahsulotlari Shimoliy Afrika va Fors ko‘rfazi mamlakatlariga eksport qilina boshladi

Foto: «Review.uz»
Jahon iqtisodiyotida inqiroz holatlari hamon saqlanib turgan va jahon bozoridagi narxlar eksport salohiyatiga salbiy ta'sir ko‘rsatayotgan bir sharoitda yurtimiz eksportchilarining tashqi bozordagi o‘rnini saqlash maqsadida xorijga mahsulot yetkazib berish hajmini ko‘paytirish, eksport qilinadigan mahsulotlar turi va geografiyasini diversifikatsiya qilish, eksport faoliyatiga yangi korxonalarni jalb etish ishlari davom ettirildi.
O‘zA xabarida keltirilishicha, O‘zbekistonda joriy yil boshidan buyon 835 korxona eksport faoliyatiga jalb etildi, 246 turdagi yangi mahsulot eksporti yo‘lga qo‘yildi. Mahalliy mahsulotlarni chetga yetkazish geografiyasi 52 ta yangi bozorga ko‘paydi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Davlat statistika qo‘mitasining mamlakatni joriy yil 9 oyida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari bo‘yicha hisobotida ma'lum qilindi.
Xususan, Birlashgan Arab Amirliklari, Livan, Iordaniya, Iroq, Gana, Senegal, Kot-d’Ivuar, Somali, Nigeriyaga yengil avtomobillar, Yaponiya, XXR, AQSh, Isroilga vinomateriallar va vino-aroq mahsulotlari, Polsha, XXR, Turkiya, Janubiy Koreya, Latviya, Afg‘onistonga kimyo mahsulotlari, Shvetsiya, Ruminiya, Bolgariya, Turkiyaga mineral o‘g‘itlar, Belarus, Ozarbayjon, Polsha va Janubiy Koreyaga sport poyabzallari, charm buyumlar va boshqa mahsulotlar eksport qilindi.
Buning samarasida shu yilning 9 oyi yakunlariga ko‘ra, tovar va xizmatlar eksport hajmi 2015 yilning shu davriga nisbatan 1,4 foiz o‘sdi. Polietilen, trikotaj polotno, ip gazlama, farmatsevtika preparatlari va tibbiyot buyumlari, molibden, volfram mahsulotlari, ammofos, kalsiylashtirilgan soda, yuk avtomobillari va yuqori qo‘shimcha qiymatga ega boshqa mahsulotlarni eksport qilish hajmi oshdi.
Mamlakatda yetishtirilgan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar amalga oshirilgani, jumladan, «O‘zagroeksport» ixtisoslashtirilgan tashqi savdo kompaniyasi tashkil etilgani natijasida joriy yil 9 oyida 543 ming tonnadan ziyod yoki 2015 yilning shu davriga nisbatan 40,4 foiz ko‘p ho‘l meva va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlari eksport qilindi.
Tavsiya etamiz
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda Kichik halqa avtoyo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi
Jamiyat | 23:57 / 17.07.2025
-
Zelenskiy Tramp bilan «mega kelishuv»ni muhokama qilayotganini aytdi
Jahon | 23:47 / 17.07.2025
-
Toshkentda daraxtlarni kesishga cheklov bekor qilinishi kerak - tadbirkor Murod Nazarov
O‘zbekiston | 22:53 / 17.07.2025
-
Eron prezidenti avtomobili o‘chib qolganidan keyin taksi chaqirishga majbur bo‘ldi
Jahon | 22:51 / 17.07.2025
Mavzuga oid

13:57 / 11.07.2025
O‘zbekiston ilk bor sofligi 99,9 foiz bo‘lgan reniy metallini eksport qildi

11:33 / 10.07.2025
6 oyda eksport qilingan mevalarning qiymati ma’lum qilindi

12:45 / 08.07.2025
UzAuto Motors'ning sof foydasi keskin kamaydi. Nega?

15:47 / 07.07.2025