AQSh sudiga Samsung kompaniyasi ustidan jamoaviy shikoyat arizasi kelib tushdi

Foto: REUTERS
AQSh sudiga Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi ustidan jamoaviy shikoyat arizasi kelib tushdi, bunga kompaniyaning Galaxy Note 7 smartfonlari sabab bo‘ldi. The Wall Street Journal shu haqida ma'lum qildi.
Shikoyat arizasi 16 oktabr kuni Nyu-Jyersi federal sudiga kelib tushgan. Unda smartfonlarning "muammoli" qaytarilishi amerikalik xaridorlarga millionlab dollarga tushgani ta'kidlangan.
Manbaga ko‘ra, mijozlar Samsung maslahatiga amal qilib, Galaxy Note 7 smartfonlaridan foydalanishni to‘xtatishgan, biroq ma'lum bo‘lishicha, kompaniyaning bu qurilmalarni almashtirib berishga munosib smartfonlari bo‘lmagan. Hujjatda qayd qilinishicha, xaridorlarga bir necha kun va hattoki hafta kutishga to‘g‘ri kelishi aytilgan.
Arizada Samsung tomonidan taklif etilgan kredit borasida hech narsa deyilmagan.
Samsung Electronics America matbuot kotibi bunga izoh berishdan bosh tortdi.
Bundan avval dunyo aeroportlarida Samsung kompaniyasining Galaxy Note 7'ni almashtirish punktlari ochilayotgani haqida xabar berilgandi.
Mavzuga oid

21:15 / 03.03.2025
Samsung o‘rta budjetli A56, A36 va A26 smartfonlarini taqdim qildi

20:04 / 14.02.2025
Samsung uchga buklanadigan smartfonni yozda chiqaradi

16:38 / 23.01.2025
Samsung o‘zining eng yupqa smartfonini taqdim etdi

16:16 / 21.01.2025