Samsung Galaxy Note 7 akkumulyatorlarini mustaqil sinovdan o‘tkazgandi

Foto: Reuters
Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi o‘z laboratoriyasida amaliyotda boshqa ishlab chiqaruvchilarning telefonidan farq qiluvchi Galaxy Note 7 uchun batareyalarni sinovdan o‘tkazdi. Bu haqida The Wall Street Journal xabar qilgan.
Barcha smartfon ishlab chiqaruvchilari AQShda savdoni boshlashdan avval akkumulyatorlarni Uyali telekommunikatsiya assotsiatsiyasi sanoati (CTIA) tomonidan sertifikatlangan 28 laboratoriyaning birida sinovdan o‘tkazishi zarur. Samsung o‘ziga tegishli laboratoriyada CTIA sertifikatsiyasini olish uchun sinovdan o‘tayotdan yagona kompaniya sanaladi.
Samsung rasmiy vakili qayd etishicha, ichki tekshiruvlar smartfonning dastlabki versiyasida ham, yangilangan talqinida ham Galaxy Note 7 batareyasi bilan bog‘liq hech qanday muammolarni aniqlamadi.
Dushanba kuni ma'lum bo‘lishicha, Janubiy Koreya hukumati Galaxy Note 7 smartfonlarining ommaviy nuqsonlari paydo bo‘lish sababi yuzasidan tekshiruv boshladi. Koreya sinov laboratoriyasi (KTL) kompyuter texnologiyalari va rentgen nurlari ostida o‘tuvchi batafsil tekshiruvni o‘tkazishga qaror qilgan.
Samsung Galaxy Note 7 avgust boshida namoyish qilgan va Android bo‘yicha eng yaxshi smartfonga aylangan edi.
Biroq sentabr boshida kompaniya smartfonning yonish holati kuzatilgani uchun sotuvni to‘xtatishga va dunyo bo‘ylab sotilgan 2,5 mln qurilmani qaytarib olishga majbur bo‘ldi.
Mavzuga oid

21:15 / 03.03.2025
Samsung o‘rta budjetli A56, A36 va A26 smartfonlarini taqdim qildi

20:04 / 14.02.2025
Samsung uchga buklanadigan smartfonni yozda chiqaradi

11:53 / 30.01.2025
Xitoyda akkumulyatorlarni utilizatsiya qilishning inqilobiy usuli o‘ylab topildi

16:38 / 23.01.2025