Bloomberg: Goldman Sachs Kaddafiy jamg‘armasi bo‘yicha ishda yutib chiqdi

Iqtisodiyot 19:41 / 14.10.2016 4178

Goldman Sachs Liviya davlat jamg‘armasining (LIA) 1,2 mlrd dollar to‘lash talabi bo‘yicha sud ishini yutib chiqdi, deb xabar bermoqda Bloomberg axborot agentligi. 

2014 yilda LIA hamkorlik doirasida yo‘qotilgan mablag‘larni qaytarish talabi bilan  Goldman Sachs ustidan sudga shikoyat qilgan. Ushbu ish bo‘yicha taftishlar 2016 yil iyunida boshlangandi.

Liviya Goldman Sachs’ni mamlakatning sobiq rahbari Muammar Kaddafiy vaqtidagi amaldorlarni sotib olish, jamg‘armaga avvaldan ziyonli ekanligi ma'lum bo‘lgan qimmatbaho qog‘ozlarni sotish va jamg‘arma rahbarlarining tajribasizligidan o‘z maqsadlarida foydalanishda aybladi. 

London sudi investitsion bank milliard dollardan ko‘proq mablag‘ yo‘qotgan liviyalik amaldorlarni "laqillatmaganligi" haqidagi hukmni chiqardi. Sudya Viven Rouz bank bahslashilayotgan bitimlardan birortasida katta daromad olganiga isbotlar yo‘qligini aytdi.

Jamg‘arma vakillari sudning qaroridan hafsalalari pir bo‘lgani, biroq keyingi qadamlarini e'lon qilishga tayyormasliklarini aytishdi.

 

Ko‘proq yangiliklar: