Galaxy Note 7 egalariga smartfonni qaytarish uchun maxsus qutilar yo‘llanmoqda
Samsung kompaniyasi Galaxy Note 7 xarid qilgan mijozlariga qurilmani qaytarishlari uchun yonmaydigan qutilar, qo‘lqoplar hamda antistat paketlar yo‘llashni boshladi. Bu haqida Gizmodo nashri ma'lum qildi.
Foydalanuvchi telefonni o‘chirib, uni issiqlik izolyatsiyalangan maxsus qutiga solishi kerak bo‘ladi.
To‘plam ko‘rsatmasida qutining ichidagi narsani havo kemasi bortiga olib chiqish taqiqlanishi yozilgan.
11 oktabr kuni Samsung kompaniyasi Galaxy Note 7 sotuvlarini to‘xtatdi, bunga qurilmalarning zaryadlash vaqtidagi yonib ketish holatlari sabab bo‘lgan. Shuningdek kompaniya Galaxy Note 7 qurilmalarini ishlab chiqarishni vaqtinchalik to‘xtatish haqida ham e'lon qilgan, qurilma egalariga esa uni o‘chirib qo‘yish tavsiya qilingan.
Mavzuga oid

21:15 / 03.03.2025
Samsung o‘rta budjetli A56, A36 va A26 smartfonlarini taqdim qildi

20:04 / 14.02.2025
Samsung uchga buklanadigan smartfonni yozda chiqaradi

16:38 / 23.01.2025
Samsung o‘zining eng yupqa smartfonini taqdim etdi

16:16 / 21.01.2025