Tom Xenks insoniyat uchun eng xavfli bo‘lgan tahdidni aytdi

Amerika aktyori Tom Xenks insoniyat uchun eng xavfli bo‘lgan tahdidni aytdi, deb xabar berdi The Guardian nashri. «Oskar» mukofoti laureati fikriga ko‘ra, bu keng tarqalgan ijtimoiy va siyosiy savodsizlik hisoblanadi. Bu haqida Xenks Den Braun romani asosida tasvirga olingan «Inferno» filmining Florentsiyadagi taqdimotida aytib o‘tdi.
«Savodsizlik — bu eng xavfli bo‘lgan tahdidlardan biri, ya'ni qiyin masalalarni soddalashtirilgan chora-tadbirlar orqali hal etish g‘oyasi», — dedi aktyor. «Yaqin Sharqda nima sodir bo‘lganligini, o‘ylab ko‘ring. Yoki, biz amerikaliklar har to‘rt yilda qabul qiladigan qarorlarimizni», — deb davom ettirdi Xenks.
Xenks saylovchilarni o‘zi ustida ishlab, «Inferno» filmidagi kabi voqealarning oldini olish kerakligiga chaqirdi. Bundan tashqari, ko‘pgina muammolar, shuningdek, «jirkanch» ekologiya va qullik insonlarning o‘zi tomonidan yaratilgan, deb ta'kidladi aktyor.
Mavzuga oid

16:12 / 15.01.2025
Taniqli aktyor Ravshan Jo‘rayev vafot etdi

09:07 / 27.02.2024
Rossiyada sobiq aktyor sirtdan umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

12:07 / 10.11.2023
Hollivud aktyorlari ish tashlashni tugatdi

13:29 / 20.07.2023