OPeK neft qazib olish hajmi yanada kamaytirilishi mumkinligini aytdi

Iqtisodiyot 21:00 / 06.10.2016 6531

Neft eksport qiluvchi davlatlar tashkiloti (OPeK) yaqindagi kelishuvga nisbatan neft qazib olish hajmini yana bir foizga kamaytirish bo‘yicha kelishuvga kelishlari mumkin. Bu haqda Jazoir energetika vaziri Nureddin Buterfa ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.  

"Venadagi noyabrdagi sammitda biz bozordagi holatga baho beramiz va agar neft qazib olish hajmini 700 ming barrelga kamaytirish yetarlichamas deb topsak, unda uni yanada kamaytiramiz. Hozirda kartelda hamfikrlik kuzatilmoqda, shuning uchun neft qazib olishni 1 foizga kamaytirish bo‘yicha kelishuvga kelish osonroq bo‘ladi", deb aytdi Buterfa.  

6 oktabrda Brent markasidagi neft Londonning ICE birjasida bir barrel uchun 52,35dollar narxida sotildi. Bu o‘tgan savdolar yopilishidagi narxdan 0,91 foizga ko‘proqni tashkil qilgan. 

Avvalroq Goldman Sachs investitsion banki tahlilchilari 2017 yilda neft narxi bir barrel uchun 55 dollardan oshmasligini prognoz qilishgandi.

28 sentabrda OPeKka kiruvchi davlatlar neft qazib olish hajmini kuniga 32,65 mln barrel qilib cheklashga kelishib olishgandi. Bu neft narxlariga ijobiy ta'sir qilgan. Hajm bo‘yicha yakuniy taklifni noyabrdagi uchrashuvda maxsus tuzilgan muvofiqlashtiruvchi komissiya taqdim qiladi.
 
 

Ko‘proq yangiliklar: