OAV: Deutsche Bank butun dunyo bo‘ylab minglab xodimlarini ishdan bo‘shatadi

Iqtisodiyot 12:34 / 03.10.2016 4512

Germaniyaning Deutsche Bank moliyaviy muassasasi mamlakatdagi mingga yaqin xodimini ishdan bo‘shatishni rejalashtirmoqda, deb yozgan Bloomberg agentligi o‘z manbalariga tayangan holda. 

Ta'kidlanishicha, bu bank rahbari Jon Kryan tomonidan o‘tgan yili ma'lum qilingan choradir. 2015 yil oktabrida Kryan bankning dunyo bo‘ylab bo‘linmalaridan 9 ming kishi ishdan ketishini bildirgandi. 

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, ommaviy ishdan bo‘shatishlar asosan bek-ofis xizmatchilari, ya'ni bankning shartnoma hujjatlari bilan ishlovchi xodimlariga tegishli bo‘ladi. Kryan shuningdek, 2016 yil Deutsche Bank uchun restrukturizatsiya yili bo‘lishini aytgandi. 

Avvalroq, dunyoning yirik moliya institutlaridan biri Deutsche Bank AQSh adliya vazirligi bilan jarima miqdori bo‘yicha muzokaralarni boshlagani xabar qilingan. AQSh tomoni nemis bankini qimmatli qog‘ozlar bilan savdo qoidalarini buzishda gumon qilmoqda. Jarima mazkur masalani hal etishga imkon beradi. 

Ko‘proq yangiliklar: