Yilning ikkinchi choragida RFdan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi 30,91 foizga kam bo‘ldi

Iqtisodiyot 10:56 / 03.10.2016 14193

2016 yilning ikkinchi choragida Rossiyadan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi 474 mln dollarni tashkil qildi hamda o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 30,91 foizga kam bo‘ldi. Bu haqda Rossiya Markaziy banki hisobotlarida keltirilgan.

Rossiya Markaziy banki ma'lumotlariga ko‘ra, 2016 yilning ikkinchi choragida O‘zbekistondan Rossiyaga 21 mln. AQSh dollarilik pul o‘tkazmalari yuborilgan. 2015 yilning shu davrida bu ko‘rsatkich 98 mln. AQSh dollarini tashkil etgandi.

Pul o‘tkazmalarining o‘rtacha miqdori ham kamaydi. Misol uchun, Rossiyadan O‘zbekistonga 444 AQSh dollaridan 433 AQSh dollarigacha, O‘zbekistondan Rossiyaga esa 1495 AQSh dollaridan 1172 AQSh dollarigacha tushib ketdi.

Qayd etish kerakki, 2016 yilning birinchi choragida Rossiyadan O‘zbekistonga 256 mln AQSh dollari (2015 yilning shu davrida 463 mln AQSh dollari) yuborilgan, O‘zbekistondan Rossiyaga esa 27 mln AQSh dollari (2015 yilning shu davrida 151 mln AQSh dollari)

Rossiya Markaziy bankining ta'kidlashicha, ushbu ma'lumotlar Anelik, BLIZKO, Coinstar Money Transfer, Contact, InterExpress, Migom, MoneyGram, PrivatMoney, UNIStream, Western Union, «AziyaEkspress», «ALLYuR», «Blits», «Bystraya Pochta», «Zolotaya Korona», «Lider» va «Pochta Rossii» tizimlarini qamrab oladi.

Ko‘proq yangiliklar: