OAV: Joli bolalarini vaqtincha tarbiya qilish huquqini qo‘lga kiritdi

Amerikalik aktrisa Anjyelina Joli olti nafar farzandini 20 oktabrgacha tarbiyalash yuzasidan vaqtincha huquqni qo‘lga kiritdi, deb xabar qilmoqda TMZ.
Ma'lum bo‘lishicha, aktyor Bred Pitt shifokor nazorati ostida farzandlarini ko‘rishi mumkinligi qayd etilgan. Jolining so‘zlariga ko‘ra, Pitt ko‘proq alkogolli ichimlik ichishi sabab shunday qilish lozim.
Nashrning yozishicha, Pitt, Joli va bolalari birgalikda ruhshunos qabuliga borishadi.
Joli 3 hafta mobaynida amal qiladigan kelishuvning barcha bandlariga so‘zsiz rozi bo‘lgan.
Mavzuga oid

18:30 / 09.02.2024
O‘zbekistonda nikohlar kamayib, ajralishlar ko‘paydi - statistika

22:14 / 31.01.2023
O‘zbekistonda nikohlar kamayib, ajralishlar ko‘paygan - statistika

22:48 / 05.11.2019
Aktrisa Anjyelina Joli bomba tufayli suratga olish joyidan evakuatsiya qilindi

12:41 / 15.04.2019