Video: Useyn Bolt Ouen Uilson va Jyeyms Korden bilan musobaqalashdi

100 metr masofaga yugurish bo‘yicha 9 karra Olimpiada chempioni The Late Late Show boshlovchisi Jyeyms Korden hamda Hollivud aktyori Ouen Uilson, shuningdek, Kordenning muxlislari bilan birga chopishdi.
Uilson falstart bilan oldinga chiqib ketishga uringan bo‘lsada, Bolt qiyinchiliksiz marraga birinchi bo‘lib kelgan.
Poyga jiddiy sport musobaqalari kabi tasvirga olingan, kadr ortida boshlovchi gapirib turgan. The Late Late Show kanaliga qo‘yilgan bu rolik 2 kun ichida 1,5 million marta ko‘rilgan.
Qayd etish kerakki, yamaykalik sportchi bu masofaga yugurishda 3 marta Olimpiada chempioni bo‘lgan - Pekin-2008, London-2012 va Rio-de-Janeyro-2016.
Mavzuga oid

22:26 / 04.04.2019
Useyn Bolt mototaksi bilan bahslashdi

19:26 / 12.10.2018
Afsonaviy Useyn Bolt futboldagi gollari hisobini dubl bilan ochdi

14:26 / 13.09.2018
Useyn Bolt vaznsizlik holatida yugurish bo‘yicha ham g‘alaba qozondi

22:55 / 07.01.2018