Eron OPeK qaroriga ko‘ra neft qazib olish hajmini kamaytirmaydi

Iqtisodiyot 09:34 / 29.09.2016 5524

OPeK qaroriga ko‘ra, Eron neft qazib olish hajmini kamaytirmaydi, biroq ba'zi davlatlar buni qilishlariga to‘g‘ri keladi, deb aytdi Eron neft vaziri Bijan Zangane.

"Eron neft qazib olish hajmini kamaytirmaydi. Biroq ba'zi davlatlar hajmni kamaytirishiga to‘g‘ri keladi", deb aytdi Zangane.

Avvalroq Zangane OPeK neft qazib olish hajmini kuniga 32,5-33 mln barrel oralig‘ida cheklash bo‘yicha kelishib olganini ma'lum qilgandi, biroq Eron va boshqa davlatlar uchun yakuniy hajm o‘rnatilmagan. Bu masala bo‘yicha tashkilotning keyingi uchrashuvida bir qarorga kelinadi. Keyingi uchrashuv 30 noyabrda Venada bo‘lib o‘tadi.

Ko‘proq yangiliklar: