O‘zbekistonda ilk bor "Prime Education" innovatsion abituriyentlar maktabi o‘z o‘quvchilariga eng zamonaviy imkoniyatlarni taqdim etadi

Light 10:10 / 26.09.2016 35082

Prime Education abituriyentlar maktabi ilm olishni tanlagan yoshlarga o‘zida mujassam bir qancha innovatsion imkoniyatlarni taqdim etadi.
Ushbu maktabda tahsil olishni istagan abituriyentlar uchun ikkita yo‘nalishda to‘rtta avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, Toshkent shahrining istalgan joyida istiqomat qiluvchi abituriyent bu avtobuslardan bepul foydalanadi.

Ushbu dargohda ilm olish uchun kelgan yoshlar ortiqcha hech bir narsaga chalg‘ib qolmasliklari uchun ular yashaydigan mehmonxonada xona xizmati, shuningdek, abituriyentning kiyimlari, idishlarini yuvib tozalash ishlari yo‘lga qo‘yilgan.

Bu yerda tahsil olayotgan har bir abituriyent zarur darsliklar bilan bepul ta'minlanadi. Yana shuni alohida ta'kidlash lozimki, o‘quv-markazida ilm olishga bo‘lgan rag‘batni oshirish maqsadida abituriyentlardan o‘zlari o‘rganayotgan fan bo‘yicha test olib turiladi. Testda yuqori natija qayd etgan o‘quvchi zamonaviy texnika qurilmalari: telefon, planshet, noutbuk singari sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

Prime Education abituriyentlar maktabida o‘zlashtirishi sust bo‘lgan o‘quvchilar bilan alohida shug‘ullaniladi, ular darslarni mukammal egallashlari uchun zamonaviy metodikadan foydalaniladi.

Shuni alohida ta'kidlash kerakki, Prime Education abituriyentlar maktabida ota-onalar bilan ishlashning ajoyib uslubi qo‘llaniladi. Maktab ma'muriyati har bir abituriyentning natijasi bilan ularning ota-onasini xabardor qilib boradi. Ta'lim berishning ushbu usuli ham zamonaviy bo‘lib, shu paytga qadar O‘zbekistondagi birorta o‘quv markazida uchramagan holatdir.

Ayni damda, Prime Education abituriyentlar maktabida boshqa imtiyozlar ham mavjud. Masalan, joriy yilning 15 oktabriga qadar 10 oylik to‘lovni oldindan amalga oshirgan abituriyent uchun 25 foizlik, 5 oylik to‘lovni amalga oshirgan abituriyent uchun esa 15 foizlik chegirmalar qo‘llanadi.

Bu hammasi emas, maktabning yangi o‘quvchisiga aylangan har bir yigit-qizga o‘quv markazining maxsus sovg‘alari taqdim etiladi.
Bir so‘z bilan aytganda Prime Education abituriyentlar maktabi ilm olishni tanlagan abituriyentni har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydi.

"Prime Education" abituriyentlar maktabiga hoziroq qo‘ng‘iroq qiling:
Telefonlar: 
+998 97 700 50 60
+998 98 300 76 66
+998 71 200 25 55
Manzil:
Toshkent sh., Olmazor tumani, Nodira ko‘chasi 19B uy.
primeedu.uz  - sayti orqali ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin!

Reklama huquqi asosida.

Ko‘proq yangiliklar: