Salesforce Twitter'ga 16 milliard dollar to‘lashga tayyor

Salesforce dasturiy ta'minot ishlab chiqaruvchisi va Twitter'ni xarid qilishga da'vogarlik qiluvchi boshqa kompaniyalar shartnoma uchun 16 milliard dollar berishga tayyor. Bu haqida Bloomberg ma'lum qildi.
Biroq agentlikning ta'kidlashicha, xaridorlar mikrobloglarning servis ma'lumotlaridan tashqari kompaniyaning ma'muriy muammolarini ham o‘z zimmasiga olishiga to‘g‘ri keladi.
Manbada keltirilishicha, hozircha Twitter rahbariyati servisni xarid qilish haqida rasmiy taklif olmagan, lekin kompaniya salohiyatli xaridorlar haqida ma'lumot olish maqsadida Goldman Sachs and Allen & Co.ga so‘rov yo‘llagan.
Ta'kidlanishicha, Twitter rahabri Jyek Dorsi servisni sotishga qiziqish bidirmagan. Shartnoma uning mikrobloglar servisi rahbari lavozimini tark etishiga sabab bo‘lib xizmat qilishi mumkin. So‘nggi 6 yil ichida mahsulot ishlab chiqaruvchilar jamoasida rahbarlik lavozimida kamida besh marta o‘zgarish kuzatildi.
Mavzuga oid

11:29 / 26.02.2025
O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida fuqarolar kelib-ketishi to‘g‘risidagi bitimga o‘zgartirishlar kiritildi

12:40 / 14.02.2025
Korporativ shartnomaning huquqiy maqomi belgilandi

18:16 / 13.02.2025
Ilon Maskning ijtimoiy tarmog‘i Trampga 10 mln dollar to‘lab beradi

13:33 / 15.01.2025