O‘zbekiston Respublikasi “Prokuratura to‘g‘risida”gi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi

O‘zbekiston 14:40 / 24.09.2016 38414

O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasi soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti mas'uliyati kengaytirildi. O‘zbekiston Respublikasining 1992 yil 9 dekabrda qabul qilingan “Prokuratura to‘g‘risida”gi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonuniga ko‘ra, endilikda, Respublika prokuraturasining soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti jinoiy daromadlarni legallashtirishga ham qarshi kurashadi. Qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan. 

Mazkur qonunga ko‘ra, “Prokuratura to‘g‘risida”gi qonunning 10-moddasi 2-qismi, 18 moddasining nomi va 1-qismidagi “soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurash departamenti” degan so‘zlar “soliq, valyutaga oid jinoyatlar va jinoiy daromadlarni legashlashtirishga qarshi kurash departamenti” degan so‘zlar bilan almashtiriladi. 

Qonunning to‘liq matni matbuotda e'lon qilingan. 

Ko‘proq yangiliklar: