Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston mamlakatning asosiy manfaatlariga xizmat qiluvchi tashqi siyosat yuritadi

AQShning Nyu York shahrida BMT Bosh Assambleyasi 71-sessiyasi bo‘lib o‘tayotgani haqida xabar qilingan edi. Unda, O‘zbekistonning tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov rahbarligidagi delegatsiyasi ham ishtirok etmoqda. Bosh Assambleyaning 23-sentabrdagi majlisida O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari Komilov ma'ruza qildi. U, dastlab, O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovning vafoti munosabati bilan hamdardlik izhor qilgan jahon hamjamiyatiga minnatdorchilik bildirib, rasmiy Toshkent fikricha, muhim bo‘lgan bugungi kun muammolariga e'tiborni qaratgan.
Abdulaziz Komilov, ma'ruzasining birinchi qismida O‘zbekistonning bo‘lg‘usi tashqi siyosatiga oid fikrlarni bildirgan. Tashqi ishlar vazirining aytishicha, O‘zbekiston mamlakatning asosiy manfaatlarini himoya qilish va uni ilgari surishga qaratilgan tashqi siyosatini saqlab qoladi va uni davom ettiradi. O‘zbekistonning tashqi siyosatdagi qat'iyati BMT Nizomi va Respublika Konstitutsiyasida mustahkamlab qo‘yilgan xalqaro huquq me'yorlarining asosiy qoidalari, birinchi prezident vaqtida zimmasiga olgan xalqaro-huquqiy majburiyatlariga og‘ishmay amal qilishni taqozo etadi.
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev bayonot berganidek, O‘zbekiston kelgusida ham o‘zaro hurmat, teng huquqlilik va o‘zaro manfaatlarni hisobga olgan holda barcha xorijiy mamlakatlar bilan do‘stona va amaliy hamkorlikni mustahkamlash yo‘lidan og‘ishmaydi.
“O‘zbekiston shuningdek, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik hamda vujudga kelgan barcha ziddiyat va mojarolarni tinch, siyosiy yo‘l bilan hal etish tarafdoridir. Mamlakatimiz harbiy-siyosiy blok va alyanslarga qo‘shilmaslik, o‘z hududida xorijiy harbiy bazalarni joylashtirmaslik, qurolli kuchlarimizni mamlakat hududidan tashqariga safarbar etmaslik qoidalarini prinsipial va yagona tanlov sifatida qabul qilgan. Masalaga shunday yondashuv, biz uchun eng to‘g‘ri qaror deb hisoblaymiz”, - degan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri.
Tavsiya etamiz
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid

11:15 / 16.07.2025
BMT Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushini zudlik bilan to‘xtatishga chaqirdi

17:52 / 14.07.2025
Abdulaziz Komilov prezident maslahatchisi lavozimiga tayinlandi

11:06 / 14.07.2025
BMT: Isroilning G‘azoga insonparvarlik yordamini bloklashi hayot uchun xavf tug‘dirmoqda

08:15 / 14.07.2025