Toshkent shahri va viloyatida doimiy propiskada bo‘lganlarning qarindoshlari propiska qilinishi mumkinmi?

O‘zbekiston 16:55 / 24.09.2016 115684

2016 yil 23 sentabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunning 21-moddasida Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiskada bo‘lganlar o‘z qarindoshlarini propiskaga qo‘yishlari mumkin yoki mumkin emasligiga oydinlik kiritilgan. 

O‘zbekiston Respublikasining 2011 yil 14 sentabrda qabul qilingan O‘RQ–296-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bo‘lgan shaxslar — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro‘yxati (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011 yil, № 9, 249-modda; 2016 yil, № 4, 125-modda) izohi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Izoh: mazkur Ro‘yxatning 2 (xotini yoki eri, o‘z oilasiga ega bo‘lmagan voyaga yetgan bolalar hamda er-xotinning birgalikdagi va (yoki) ilgarigi nikohidan tug‘ilgan yoxud nikohsiz tug‘ilgan voyaga yetmagan bolalar, shuningdek farzandlikka olingan bolalar bundan mustasno), 
3, 5, 9 — 12-bandlariga muvofiq Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilingan fuqarolarning qarindoshlari Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinmaydi».

Ko‘proq yangiliklar: