Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent Afg‘onistonning donor mamlakatlarini majburiyatlarini bajarishga chaqirdi

BMT Bosh Assambleyasining 23-sentabrdagi majlisida O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari, tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov ma'ruza qildi. U jahon hamjamiyatiga qarata so‘zlagan nutqida Toshkent nuqtai-nazaridan muhim bo‘lgan xalqaro va mintaqaviy muammolarga to‘xtalgan.
Xususan, Komilov Afg‘onistondagi vaziyat hamon xalqaro xavfsizlik va barqarorlikning asosiy bosh og‘rig‘i bo‘lib qolayotganini ta'kidlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, afg‘on mojarosi nafaqat barham topmayapti, balki kuchayib, tobora murakkablashib bormoqda.
“Afsuski, ushbu mamlakatda to‘planib qolgan qarama-qarshiliklarni hal etish istiqboli ko‘rinmayapti. Afg‘on muammosini faqatgina BMT vasiyligida, hech qanday dastlabki shartlarni ilgari surmasdan, o‘zaro ziddiyat qilayotgan asosiy tomonlar ishtirokida tashkil etiluvchi tinch siyosiy muzokaralar vositasida erishiluvchi milliy kelishuv negizida hal etish mumkin”, - degan O‘zbekiston TIV rahbari.
Bunda, donor mamlakatlar va xalqaro institutlar Afg‘onistonga yordam berish bo‘yicha zimmalariga olgan majburiyatlarini sidqidildan ado etishi juda muhimdir. Mablag‘lar, mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy holatni yaxshilash, birinchi navbatda, ta'lim-tarbiya sohasiga jalb etilishi maqsadga muvofiq.
Komilovning aytishicha, Afg‘onistondagi tinchlik Yevrosiyo mintaqasidagi barcha mamlakatlar uchun ulkan va sezilarli foyda keltiradi. Afg‘onistondagi mustahkam tinchlik va barqarorlik avtomobil va temir yo‘llari barpo etish, mintaqaviy va transmintaqaviy savdoni rivojlantirish, barcha yo‘nalishlarda quvurlar o‘tkazishga imkon beradi.
Shu munosabat bilan, xalqaro hamjamiyat Afg‘onistonga mintaqaviy muammolar, tahdid va chaqiriqlar emas, balki ajoyib strategik imkoniyatlar mamlakati sifatida qarashi lozim. Shu bilan, barchaning birdek gullab-yashnashi va farovonligiga xizmat qiluvchi ko‘p tomonlama hamkorlik uchun fundamental va mustahkam asoslarni shakllantirish mumkin.
Tavsiya etamiz
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” kompaniyasi “Yoz, shoshma!” aksiyasini e’lon qiladi
O‘zbekiston | 09:00 / 29.07.2025
-
Toshkentda o‘nlab ko‘p qavatli uylar qurilishi to‘xtatildi: ro‘yxat
O‘zbekiston | 14:13
-
Sanksiyalar ostidagi Valentina Matviyenko Shveytsariyadagi sammitga borib, urushni oqlab chiqish qildi
Jahon | 13:56
-
Qirg‘izistonda xalqaro internet-trafikka monopoliya joriy etilyapti
Jahon | 13:53
Mavzuga oid

17:23 / 29.07.2025
G‘azoda ocharchilik boshlanmoqda – IPC hisoboti

20:02 / 26.07.2025
AQSh va Xitoy vakillari BMT Xavfsizlik Kengashida Ukraina bo‘yicha janjallashdi

15:26 / 24.07.2025
BMT Xalqaro sudi: Davlatlar iqlimni himoya qilish majburiyatiga ega

22:59 / 23.07.2025